Profaylingning jamiyatimizdagi ahamiyati ?

0

Profilaktika inspektorlari xizmat faoliyati davomidagi munosabatlar tizimi etnopsixologik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanib boradi. O‘zbek xalqining tarixiy shakllangan an’analari, muayyan urf-odatlari, ma’lum udumlari, shaxslararo munosabati, muloqot va fikrlash xususiyati boshqa xalqlarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida “Ayni paytda militsiya xodimlarining aholi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari bilan yaqin hamkorligi yanada mustahkamlandi, ularning safarbarligi va sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi tezkor kurash olib borish imkoniyatlari oshib bormoqda” degan edi . Bu, o‘z navbatida, har bir xodimning faoliyati davomida va aholi bilan muloqot qilish jarayonida xushmuomalali bo‘lishga undaydi. Ichki ishlar organlari xodimlari profayling xizmatini o‘z faoliyatiga tatbiq etishda o‘zbek xalqining milliy xarakteri, fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olishi lozim. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘zini tuta bilish, bardoshlilik, qat’iylik, matonatlilik singari) va axloqiy xislatlarni (madaniyatlilik, xushmuomalalik, poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalarni) qamrab oladi.

Profayling metodi  har bir profilaktika inspektori faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham ushbu metodning psixologik qonuniyatlari va mexanizmlari faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Bu metod yordamida xodim psixologiya qonuniyatlariga tayangan holda shaxslararo munosabatga kirishadi. Profayling jarayonida xodimning xar qaysi bilish sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, holatni o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasi, ob’ekti va sharoitini mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi. «Profayling» ingilizcha «profile» – profil, qiyofa ma’nosini anglatadi. Profayling – bu shaxsning noverbal hatti-xarakatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini baholash orqali uning xarakatlarini haqqoniy baholash, bashorat qilish metodikasi hisoblanadi. Agar profayling metodini fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning ruhiy holatini kuzatish sifatida ta’riflanadigan bo‘lsa, bu metod ikki bir-birini to‘ldiruvchi metoddan, ya’ni ruhiy kuzatish metodi va so‘rov (suhbat) metodidan tashkil topgan bo‘lib, shaxs psixodiagnostikasining turi hisoblanadi. Bu usuldan ichki ishlar organlari faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarida, jumladan aholi ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, qo‘riqlanadigan o‘ta muhim ob’ektlarda, jamoat transportining amaldagi barcha turlarida xavfsizlikni ta’minlashda foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Profayling yoki profayl metodi – shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi o‘zgarishlarni tashqi ifoda va hatti-xarakatlar asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullardan foydalangan holda oldindan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir. Hozirgi kunda shaxslarning profilini yaratish asosida ko‘plab zo‘ravonlik, ko‘p takrorlanadigan qotillik hamda jinoyatlarini ochishda keng foydalaniladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

24 + = 32

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Ma\'lumotlar himoyalangan !