Profayling sohasidagi yetakchi olimlar va ularning nazariyalari

0

Psixolog olimlar P. Ekman, V. Frizen, M. Qukerman va B.De Paulolar profayl metodi asoschilari hisoblanadi. Profayling usuli profilaktika inspektorlariga fuqarolar bilan muloqotga kirishgan shaxs haqida ma’lumot olish, xavfni oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, profayling usulini profilaktika inspektorlari faoliyatida joriy etilishi kasbiy kuzatuvchanlik, atrof-muhitni tahlil qilish, kishilarning xulqi, shubha uyg‘otuvchi alomatlarini aniqlash, xizmat vaqtida fuqarolar bilan yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda samarali hisoblanadi. Profayling bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni odatda profaylerlar deb yuritiladi. Profaylerning o‘rganish ob’ekti sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: – mimika; – jestlar; – xatti-harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari; – nutqning psixolingvistik qonuniyatlari; – verbal muloqotning paralingvistik alomatlari va boshqalar. Har qanday axborot faqat belgilar, aniqrog‘i, belgilar tizimi orqali beriladi. Kommunikativ jarayonda foydalaniladigan bir qancha belgilar tizimi mavjud bo‘lib, ularga mos tarzda muloqot jarayonida foydalaniladigan vositalarni tasniflash mumkin. Nutqli (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi. Muloqotning verbal va noverbal vositalarining tavsifi. Muloqotning psixologik vositalari ikkiga: verbal (nutq orqali) va noverbal (nutqsiz) shakllarga bo‘linadi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: – og‘zaki nutq; – imo-ishora; – yozma nutq; – mimika; – pantomimika. Nutqiy muloqot – eng universal aloqa vositasi hisoblanadi. Zero, nutq orqali axborotning mazmuni deyarli to‘liq beriladi. Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta oladi. Profilaktika inspektori faoliyatida muloqotning nutqiy vositalaridan foydalanish o‘ta muhim o‘rin tutadi. Xodim xizmat faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan bevosita muloqot jarayonida yoki turli xil hujjatlarni tuzishda o‘z fikrlarini to‘gri  ifodalash, ularni to‘gri bayon etishiga bog‘liq. Nutq muloqotning universal vositasi bo‘lsa-da, u faqat faoliyat tizimiga aloqador bo‘lgan sharoitdagina ahamiyatga ega bo‘ladi, faoliyatga daxldorlik esa muloqotning boshqa – nutqsiz vositalarini qo‘llash bilan to‘ldiriladi.

Akme Profayling

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

+ 61 = 70

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Ma\'lumotlar himoyalangan !