“Anogramma” mashqi

0

Bunda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay olishi kerak.

Anogrammaga misollar:

1. Kishilik, o’zlik, gumon, ko’rsatish, belgilash, holat.

Javob: Holat so’zi, chunki berilgan misollar olmoshning ma`no turlari bo’yicha. Holat olmoshning turiga kirmaydi

2. To’ldiruvchi, aniqlovchi, ega, kesim, ravish, hol.

Javob: ravish so’zi, chunki u gap bo’lagi emas.

3. Ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe`l, sifatdosh.

Javob: sifatdosh so’zi, chunki u mustaqil so’z turkumiga kirmaydi.

4. Suvchi, gulshi, bog’, bog’bon, o’qituvchi, shifokor, huquqshunos, qo’shiqchi.

Javob: bog’ so’zi, chunki u shaxs oti emas.

5. Buxoro, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Qoraqalpog’iston, Xorazm.

Javob: Qoraqalpog’iston so’zi, chunki u viloyat hisoblanmaydi,

6. O’zbek, tukman, qoraqalpoq, qozoq, qirgiz, uyg’ur, tatar va tojik tillari.

Javob: Tojik tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi.

7. Ammo, lekin,  chunki, shuning uchun, agar, va, chunki, uchun, zero, shu bois.

Javob: uchun so’zi bog’lovchi emas, ko’makchi.

8. Nuqta, so’roq belgisi, tire, qo’shtirnoq, qavs, ikki nuqta, defis, undov belgisi, nuqtali vergul.

Javob:  defis  tinish belgisi hisoblanmaydi,

9. “Mehrobdan chayon”, “O’tgan kunlar”, “Uloqda”, “Dahshat”, “Juvonboz”, “Kalvak Maxsumning xotira daftaridan”, “Toshpo’lat tajang nima deydi?”.

Javob: “Dahshat” hikoyasi A.Qodiriy qalamiga mansub emas.

10. “Munshaot”, “Vaqfiya”, “Majolis un-nafois”, “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Navodir un-nihoya”, “Tazkirat ush-shuaro”, “Xamsa”.

Javob: “Tazkirat ush-shuaro” asari A.Navoiy qalamiga mansub emas.

11. Tazod, tashbih, intoq, iqtibos, musamman,tajnis, ishtiqoq. 

Javob: musamman so’zi, chunki u she`riy san`at hisoblanmaydi.

12. G’azal, ruboiy, tuyuq, qit`a, fard, masnaviy, muvashshah, murabba`

Javob: muvashshah so’zi, chunki u she`riy janr hisoblanmaydi.

“Anogramma” mashqi

 Bunda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay olishi kerak. Anogrammalarda misollar:

1. Kishilik, o’zlik, gumon, ko’rsatish, belgilash, holat.

Javob: Holat so’zi, chunki berilgan misollar olmoshning ma`no turlari bo’yicha. Holat olmoshning turiga kirmaydi

2. Tazod, tashbih, intoq, iqtibos, musamman,tajnis, ishtiqoq. 

Javob: musamman so’zi, chunki u she`riy san`at hisoblanmaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 + 8 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Ma\'lumotlar himoyalangan !