Profayling nima ? Profayling nimani o‘rganadi ? Profayler kim ?

0

Profayling (inglizcha „profile“ — profil) yoki profayl metodi — shaxslarni psixologik baholash, kuzatish, ularning xulqidagi oʻzgarishlarni tashqi qiyofasi va xatti-harakatlari asosida tahlil qilish kabi bir necha psixologik usullarni qoʻllab avvaldan bashorat qilish imkonini beradigan shaxs profilini yaratish usulidir. Profayl metodi asoschilari psixolog olimlar P.Ekman, V. Frizen, M. Sukerman va B. De Paulo hisoblanadilar. 2012-yilda esa Y. Spiriqa tomonidan yolgʻonni tadqiq qilish boʻyicha Xalqaro akademiyada kriminal profayling usuli taqdim etildi. Uning fikricha: kriminal profayling — jinoyatchi deb taxmin qilinayotgan shaxs xususiyatlarini tashxislovchi kompleks usullar yordamida uning psixologik profilini tuzish tushuniladi. Profayling — bu psixologik portret tuzishdir. 1888-yilda psixologik portret tuzishga uringanlardan biri britaniyalik jarroh Tomas Bond(u bu usulni chavaqlovchi Jek shaxsiga nisbatan qoʻllagan) hisoblanadi.

Soʻngi vaqtlarda, ayniqsa havo transportida, profayl-metod yoki profayling iborasi keng tarqaldi. Ushbu profayling metodi tajribasi Isroil, AQSH, Rossiya kabi davlatlarda bir necha yillardan beri takomillashib kelayapti. Profayling metodi ikkita bir-birini toʻldiruvchi metoddan, yaʼni psixologik kuzatish va soʻrov(suhbat) metodidan tashkil topgan.

Profayling oʻzining tarkibiga — tezkor psixodiagnostika, emotsiyalarni tahlil qilish, manipulyativ texnikalar, gipnotexnologiya, soʻzamonlik, grafologiya, yuz ifodalari tahlili, mushaklar faoliyatini tahlil qilish va ijtimoiy psixologiyani qabul qiladi. Psixologiya fani ijtimoiy fanlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez rivojlanib borayotgan istiqbolli fanlardan biridir. Bu fanning rivojlanishiga avvalo ijtimoiy xayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy hodi- salarning soqial-psixologik jihatdan o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lmoqda. Profayling metodi hozirgi kunda psixologiya sohasining yangi rivojlanib kelayotgan qiziqarli hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmog‘idan biridir. Uni muammo sifatida nafaqat ijtimoiy psixologiya fani, shuningdek falsafa, pedagogika, mantiq, huquqiy va etika fanlari tizimida ham o‘rganiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 + 7 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Ma\'lumotlar himoyalangan !