MOODLE TIZIMIDA KURS ELEMENTLARI TASHKIL ETISH

4

Zaripov Nozimbek Nayimovich

Tayanch so`zlar: so’rovnoma, chat, tashqi uskuna, gipermurojaat, ma’ruza, so’rov, ma’lumotlar bazasi, topshiriq, fayl, sahifa, papka.

Ключевые  слова: анкета, чат, внешний  инструмент, гиперссылка, лекция, запросы, база  данных, задание, папка, страница, файл.

Key words: questionnaire, chat, external tool, hyperlink, lecture, queries, database, task, folder, page, file.

Maqolada oliy ta`lim muassasalarida boshqaruv samaradorligini va ta’lim jarayoni sifatini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari yoritib berilgan.

Статья  посвящена  изучению  способов  использования  информационных  технологий  в повышении  качества  управления  университетом  и  эффективности  образова-тельного процесса.

The article is devoted to the ways of using information technologies for improving the quality of the University administration and the effectiveness of educational process.

Kirish. Ushbu maqoladatalabalarni o`qitishda LMS Moodle tizimidan foydalanish, tizimda kurslar tashkiletish, ularning turlari keltirilgan. Jumladan: so’rovnoma, chat, tashqi uskuna, gipermurojaat, ma’ruza, so’rov, ma’lumotlar bazasi, topshiriq, fayl, sahifa, papka va boshqalar. 

Ma’ruza bo’limida har  bir  dars  baholanish  imkoniga  ega ekanligi, dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish, yangi mavzularni mustaqil o`rganish, darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish imkoniyati yoritib berilgan.

 Moodle – bu o’qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System – CMS) dir. Moodle  tizimi  orqali  masofaviy  ta’lim tizmini tashkil etishda keng imkoniyatlar mavjud:  

  • Kurs mazmunini boyitish uchun o’nlab kurs elementlarining mavjudligi;
  • Talabalar uchun resurslarning bir qancha turdaligi;
  • Foydalanuvchining ixtiyoriy tilida ishlay olishi;
  • Har bir kursda darslar modullarga bo`lib tashkil etilishligi va boshqalar.  

Moodle LMS tizimida quyidagi rasmda aks ettirilgan kurs elementlari mavjud:

1-rasm. Kurs elementlari ro`yxati.

            Анкета (So`rovnoma) – elementining uch turdagi anketalari masofaviy ta’lim kurslarini  baholash  va  rag`batlantirish  uchun  xizmat  qiladi.  Professor-o`qituvchilar anketa  moduli  yordamida  o`z  talabalarini  yaqindan  bilishga  yordam  beruvchi ma’lumotlarga  ega  bo`ladilar.  Shuningdek,  dars  samaradorligini  oshirishga  yordam beruvchi  talabalar  fikrlariga  ham  ega  bo`lishlari  mumkin. Shuni  ta’kidlash  joizki, ushbu modul savollari oldindan ishlab chiqilgan bo`lib, ularni o`zgartirib bo`lmaydi. Talabalar uchun maxsus anketa taqdim etishda teskari aloqa xizmatidan foydalanish mumkin.(1-rasm)

            Файл (Fayl) – moduli professor-o`qituvchilarga fayllarni kurs resursi sifatida foydalanishga imkon yaratadi.  Yuklangan fayllar kurs tarkibida ko`rinadi. Talabalar esa  yuklangan  fayllarni  ko`chirib  olish  imkoniga  ega  bo`ladilar.    Файл  moduli tarkibiga  HTML,  flash  yoki  grafik  fayllarni  ham  biriktirish  mumkin. Yuklangan fayllarni  ochish  uchun  talabalar  kompyuterida  fayllarga  mos  dasturiy  ta’minot bo`lishligi zarur ekanligiga e’tibor berish zarur. Файл modulidan quyidagi holatlarda foydalanish tavsiya etiladi: [1]

  • Ma’lumotlardan ommaviy foydalanish uchun;
  • Kurs resursi sifatida mini-saytlarni biriktirish uchun;
  • Belgilangan  dasturiy  mahsulotlarda  (psd-Adobe  PhotoShop  va  h.k.) tayyorlangan fayllarni biriktirishda.

Talabalar mazkur loyihalarni  tahrirlab va taqdim etish orqali baho olishlari kerak.

            Чат  (Chat)  –  elementi  kurs  ishtirokchilari  o`rtasida  o`zaro  yozma  muloqot qilish  imkonini  yaratadi.  Kursga  kirish  imkoni  bo`lgan  foydalanuvchilar  chat modulidan  ham  faol  foydalanishlari  mumkin.  Chat  modulini  yaratishda  chatning ishlash  vaqtini  ko`rsatish  zarur.  Chat  faol  bo`ladigan  vaqtlar  oldindan  belgilanadi. Masalan: bir marta, har kuni belgilangan vaqtda hamda har hafta belgilangan vaqtda. Chat  faollashish  vaqti  hamda  undagi  xabarlar  bilan  bog`liq  sozlash  ishlarini professor-o’qituvchi  chatni  yaratish  vaqtida  belgilaydi.  Chat  modulidan  kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan ko`rishishning imkoniyatga ega bo’lmaganlarida, ammo muloqot qilish zarur bo’lganda foydalanish tavsiya etiladi. Chat modulidan quyidagi holatlar yuz berganda foydalanish mumkin:[2]

  • Turli  joyda  yashovchi  bir  kurs  ishtirokchilari  bir-birlari  bilan  axborot almashish maqsadida;
  • Talaba  o`qituvchining  yoniga muayyan mavzu yuzasidan suhbat  uchun  boriga  imkon  topa olmaganda yoki vaqtni tejash uchun;
  • Talabalar  erishgan  yutuqlarini boshqa talabalar  va  o`qituvchilar  bilan  muhokama qilish zarur bo`lganda;
  • Talabalardan  mavzuga  tayyorgarlik  ko`rish  uchun  yordam  olish maqsadida.

            Лекция  (Ma’ruza)  –  o`quv  elementi  masofaviy  ta’lim  tizmining  asosiy mazmunini  yoritib  beruvchi  elementlardan  biri  hisoblanadi.  Uning  yordamida ma’ruza,  amalaiy  mashg`ulot  darslarining  ma’lumotlari  tashkil  etiladi.  Ma’ruza sahifalar to`plami asosida tashkil etiladi. Odatda, sahifalarning har biri savollar bilan yakunlanib,  savollarga  berilgan  javobga  qarab  talabalar  keyingi  bosqichga  o`tishi yoki oldingi bosqichni qayta o`zlashtirishi aniqlanadi. Ma’ruza elementi quyidagi funksiyalarga ega:

  • Har  bir  dars  baholanish  imkoniga  ega  bo`lib,  olingan  natijalar  baholar jurnaliga yozilib boriladi;
  • Har bir dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish imkoni mavjud;
  • O`zlashtirilgan darslarga bajarilganlik haqida belgi qo`yiladi;
  • Yangi mavzularni mustaqil o`rganish mumkin;
  • Darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish mumkin.

            Задание (Topshiriq) – o`quv elementi talabalar ishlarini jamlash, baholash va ularni  sharhlash  hamda  o`qituvchilarga  kommunikativ  topshiriq  qo`shish  imkonini yaratadi.  Talabalar  istalgan toifadagi  raqamli  fayllarni  yuborishlari  mumkin.  Jumladan, Word  hujjatlari,  elektron  jadvallar,  rasmlar,  audio  yoki  video  fayllar. Qo`shimcha  yoki  yordamchi  o`qituvchilar  talabalardan  javoblarini  matn  muharriri orqali  kirishini  talab  qilishlari  mumkin.  Tizimdan  tashqarida  bajariluvchi  yoki raqamli fayl bo`lmagan topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday hollarda topshiriq javobi matn muharriri orqali topshiriladi. Topshiriq o`qituvchi tomonidan baholanib, faylga  javob  mulohaza  ko`rinishida,  talaba  yuborgan  faylni  to`g`rilangan  shaklida yoki  audio  fayl  ko`rinishida  javob  qaytarilishi  mumkin.  Javoblar  ballar, foydalanuvchilarning  baholash  shkalalari  yoki  “Ilg`or”  uslublar  yordamida baholanishi mumkin. Natijaviy ko`rsatkichlar baholar jurnaliga kiritiladi.

Внешний  инструмент  (Tashqi  uskuna) –  elementi  boshqa  web-saytlarda joylashgan    ta’lim  resurslari    va  faol  namunaviy  elementlarni  kursga  bog`lash imkonini yaratadi. Masalan, tashqi uskuna kursga tegishli bo`lgan yangi  ma’lumot yoki  ilova  bo`lishi  mumkin.  Tashqi  uskuna  elementi  Гиперссылка  resursidan quyidagi xarakterlar bilan farqlanadi:

  • Tashqi uskuna uzoqda joylashgan resursni o`z resursi kabi namoyon etadi;
  • Tashqi  ilovalarni  o`qish,  yangilash  hamda  o`chirish  natijasida  baholarga  ega bo`linadi;
  • Mazkur tizim bilan tashqi ilova o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatilib, ularning bir-biriga ishonchli deb topilgandagina bog`lanish paydo bo`ladi.

            Форум  (Forum)  –  elementi  uzoq  vaqt  davomida  foydalanuvchilar  o`rtasida muloqotni tashkil etadi. Forum modulini chat modulidan farqi bo`lib, chat aniq bir vaqt  mobaynida  qisqa  xabarlar  orqali  muloqot  tashkil  etish  uchun  xizmat  qiladi. Forum  esa  chatga  qaraganda  kengroq  tushuncha  bo`lib,  aniq  bir  masala  bo`yicha uzoq  vaqt  davomida  foydalanuvchilar  o`rtasida  muzokara  olib  borish  imkonini yaratadi.  Muzokara  mobaynida  foydalanuvchilar  matnli  va  grafikli  ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin. Forum yangiliklariga a’zo bo`lgan foydalanuvchilar forum yangiliklari  haqida  doimiy  xabardor  bo`lib  turadi.  Forum  xabarlari  professor-o`qituvchilari  hamda  talabalar  tomonidan  ham  baholanishi  mumkin.  Natijaviy baholar jurnaliga yozilishida ikkala guruh a’zolari bergan baholari birlashtiriladi. Forum elementidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin: [2]

  • Talabalar  bir-birlari  bilan  yaqindan  tanishish  uchun  ochiq  muloqot interfeysi sifatida;
  • Kurs  e’lonlaridan  (yangiliklar  forumiga  a’zo  bo`lganlar  uchun)  xabardor bo`lish uchun;
  • Kurs mundarijasi yoki kurs ma’lumotlarini muhokama qilish uchun;
  • Shaxsiy uchrashuvlarda tashkil etilgan muloqotni davom ettirish uchun;
  • Professor-o`qituvchilar  hamkorlik  muhitini  tashkil  etish  uchun  (yashirin forum shaklida);
  • Maslahat markazi uchun (professor-o`qituvchilar va talabalar uchun);
  • “Jumboq”,  “Aqliy  hujum”  kabi  mavzular  doirasida  muhokama-munozara olib borish maqsadida.

            Глоссарий  (Izohli  lug`at)  –  elementi  foydalanuvchilarga  resurs  va ma’lumotlarning  tizimlashtirilgan  hamda  faoliyat  doirasida  foydalaniladigan  lug`at tashkil  etish  imkonini  beradi.  Professor-o’qituvchilar  izohli  lug`atga  fayllarni biriktirish  uchun  ruxsat  berishlari  mumkin.    Biriktirilgan  faylli  yozuvlar  o`qituvchi tasdig`idan  so`ng  izohli  lug`atda  ochiq  holatda  namoyon  bo`ladi.  Izohli  lug`at yozuvlarini  alifbo,  kategoriya,  kiritilgan  sana  va  muallifi  bo`yicha  qidirb  topish mumkin. Agar  izohli  lug`atda  avtobog`lanish  filtri  yoniq  bo`lsa,  u  holda  kursda ishlatilgan so`zlar va jumlalarga mos kelgan termin haqida ma’lumot olish mumkin bo`ladi. Izohli lug`atdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin: 

  • Atamalarning qo`shma banki sifatida foydalanish;
  • Yangi  talabalarning  ismi  va  shaxsiy  ma’lumotlarini  kiritishni  o`rgatuvchi maydon;
  • Foydali  video,  grafikli  va  audio  ma’lumotlarni  saqlash  uchun  umumiy muhit sifatida va boshqa holatlarda.

            База  данных  (Ma’lumotlar  ombori) –  elementi  foydalanuvchilarga  barcha joydan  yozuvlarni  izlash,  yaratish  va  xizmat  ko`rsatish  kabi  imkoniyatlar  yaratadi. Yozuv  strukturasi  o`qituvchilar  tomonidan  maydonlar  soni  orqali  aniqlanadi. Maydonlarning menyu, matnli soha, bir tanlovli va ko`p tanlovli maydon, qalqib tushuvchi  ro`yxat,  giperhavola,  rasm  va  fayl  yuklovchi  maydon  kabi  turlari mavjud.  Ma’lumotlar  ombori  ma’lumotlarini  ko`rish  va  tahrirlash  visual  aks  etishi ma’lumotlar  ombori  qolipi  kabi  amalga  oshiriladi.  База  данных  elementidan mavjud  kurslarda  andoza  sifatida  hamkorlikda  foydalanishi  mumkin.  Shuningdek, professor-o`qituvchilar  ma’lumotlar  ombori  yozuvlarini import  va  eksport qilishlari ham mumkin. Agar База данных ning avtobog`lanish filtri yoqilgan bo`lsa, u holda ma’lumotlar omborining har qanday yozuvi mavjud kurslarda uchraydigan so`zlar va jumlalarga  avtomatik  bog`lanadi.  Professor-o`qituvchilar  ma’lumotlar  ombori yozuvlarini  sharxlashga  ruxsat  berishi  mumkin.  Shuningdek,  yozuvlar  professor-o`qituvchilar  va  talabalar  tomonidan  baholanishi  mumkin.  Natijaviy  ballar  baholar jurnaliga yozilishida birlashtirilishi mumkin. База данных dan quyidagi holatlarda ko`proq foydalaniladi:[3]

  • Web-havola,  kitob,  kitobga  berilgan  taqriz,  jurnal  havolalari,  bibliografik ro`yxat kabi hamkorlik to`plamlari uchun;
  • Yaratilgan surat, plakat, web sayt yoki ertaklarlarni talabalar ko`rishlari va o`zaro sharhlashlari uchun.

            Семинар  (Seminar)  –  o`quv  elementi  talabalar  ishini  o`zaro  baholash, jamg`arish, ko`rib chiqish hamda taqriz berish imkonini yaratadi. Talabalar o`z ijodiy ishlarini  har  qanday  fayl  ko`rinishida  taqdim  etishlari  mumkin.  Masalan,  Word hujjati,  Excel  elektron  jadvali,  shuningdek,  matn  maydoni  yordamida  matn ko`rinishida  ham  taqdim  etishi  mumkin.  Taqdim  etilgan  ma’lumotlar  bir  qancha baholash  mezonlari  asosida  topshiriq  bergan  o`qituvchi  tomonidan  baholanadi. Talabalarning bir yoki bir nechta kursdoshlarini baholash vakolatlari mavjud. Taqdim etilgan  ishlar  va  taqrizlar  zarur  bo`lsa,  yashirin holatda  bo`lishi  mumkin.  Talabalar seminar  uchun  ikkita  bahoga  ega  bo`ladilar.  O`zining  ishi  uchun  baho  hamda bajargan  ishi  uchun  kursdoshlari  tomonidan  berilgan  baho.  Olingan  bahoning  har ikkisi ham baholash jurnaliga yoziladi. 

            Опрос  (So`rov)  –  elementi  professor-o`qituvchilarga  so`rov  o`tkazish imkonini beradi. Yaratilgan so`rov tarkibida faqat bitta savol bo`ladi. Javoblar soni esa istalgancha bo`lishi mumkin. So`rov javoblaridan bir yoki bir necha variantlarini tanlash  imkoniyati  ham  mavjud  bo`lib,  bu  imkoniyat  so`rov  yaratilish  jarayonida belgilanadi.  So`rov  natijalari  belgilangan  muddatda  keyin  namoyon  bo`lishi  yoki umuman  natijalar  ko`rsatilmasligi  mumkin.  Natijalar  talabalar  nomi  bo`yicha  yoki yashirin holda aks etishi ham mumkin. So`rov quyidagi hollarda foydalaniladi:

  • Mavzuni tanlashda tezkor ovoz berish maqsadida;
  • Xotirani tezda tekshirish uchun;
  • Talabalarning qaror qabul qilishida yordam berish uchun.  

            Wiki – elementi ishtirokchilarga bog`langan web-sahifa to`plamini yaratish va tahrirlash imkonini beradi. Wiki individual (faqat muallif o`zgartira olishi mumkin) va hamkorlik (hamma o`zgartirish huquqiga ega) da yaratilishi mumkin.  Wikida har bir ishtirokchi tomonidan amalga  oshirilgan o`zgarishlarning har bir sahifasi saqlanib qoladi. Wikidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

  • Dars yoki qo`llanmalarga guruhli belgi qo`shish uchun;
  • Kafedra va fakultet a’zolarining umumiy ishlarini rejalashtirish uchun;
  • Murabbiy tomonidan berilgan mavzu bo`yicha talabalar hamkorlikda kitob yaratishlari uchun;
  • Har  bir  ishtirokchi  yozgan  satrlari  yordamida  hamkorlikda  tarix zarvaraqalarini yozish yoki she’r yaratish uchun;
  • Tadqiqotlar yoki to`g`rilashlar natijasida erishilgan belgilar asosida shaxsiy jurnal yaratish uchun (Individual Wiki da qo`llaniladi).

            SCORM  (Sharable  Content  Object  Reference  Model,  «berilgan ob’yektdan  hamkorlikda  foydalanish  uchun  namunaviy  modeli»)   –  elementi o`quv obyektlari uchun muvofiqlikda kelishilgan standart fayllar to`plamini o`zida mujassam etgan bo`lib, ular arxiv fayl ko`rinishida bo`ladi. SCORM paketi bir necha sahifa  ko`rinishida  bo`lib,  fayldan  foydalanish  davomida  fayllar  biridan-biriga xarakatlanishi  mumkin.  Ularning  aks  etilishi  turli  xil  bo`ladi.  Masalan,  qalqib chiquvchi  oyna,  mundarija  hamda  navigatsion  tugmalar  ko`rinishida  bo`lishi mumkin. SCORM paketida odatda savollar va javoblar mujassam bo`ladi. Javoblar uchun  berilgan  qiymatlar  baholar  jurnaliga  kiritiladi.  SCORM  paketidan  quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

  • Multimediyali va animatsion fayllarni aks ettirish uchun;
  • Baholash uskunasi sifatida.

            Папка  (Papka)  –  resursi  professor-o`qituvchilarga  sahifaga  yuklangan  bir necha  fayllarni  ixcham  ko`rinishda  ya’ni  bir  papkada  saqlash  imkonini  beradi. Fayllarni papkada saqlash orqali sahifani yuqoridan pastga yoki aksincha varaqlashni oldini  oladi.  Папка  ZIP-arxiv  fayllarini  ham  yuklash  imkoniyati  bo`lib,  ulardan foydalanishda arxivdan chiqariladi.  Папка quyidagi holatlar uchun qo`llaniladi:

  • Bir mavzuga oid seriyali fayllarni yuklash uchun (talabalar loyihalarni PDF yoki grafik formatda taqdim etishida);
  • Professor-o`qituvchilar  uchun  umumfoydalanishga  ruxsat  etilgan manbalarni  saqlash  uchun  (papkada  faqat  professor-o`qituvchilar foydalanishlari mumkin bo`lib, papka talabalarga ko`rinmaydi).

                IMS – paketi  muvofiqlikda  kelishilgan  standart  asosida  ixchamlashtirilgan fayllar to`plamini yuklash imkonini yaratib, yuklangan fayllardan turli tizimlarda bir necha marta qayta foydalanish mumkin. Ushbu modul  IMS-paketini arxiv shaklida yuklash  hamda  kurslarda  resurs  kabi  foydalanish  imkonini  beradi.  IMS  paketi  bir necha sahifa ko`rinishida bo`lib, fayldan foydalanish davomida fayllar biridan biriga harakatlanishi  mumkin.  Ularning  aks  etilishi  turli  xil  bo`ladi.  Masalan,  qalqib chiquvchi  oyna,  mundarija  hamda  navigatsion  tugmalar  ko`rinishida  bo`lishi mumkin.  IMS  paketida  tarkibiga  asosan  multimediyali  va  animatsion  fayllar kiritiladi.

Пояснение (Izoh) – moduli kursning boshqa element yoki resurslariga  havola tashkil etish, multimediyali va matnli ma’lumot kiritish imkonini beradi.  Kursning  tashqi  ko`rinishi  yaxshilashda  Пояснение  resursi  universal  modul hisoblanadi. Izoh resursidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:

  • Kurs bo`limiga qisqa ta’rif qo`shish  uchun;
  • Ichki video va audio fayllarni sahifada ko`rish uchun;
  • Faoliyatda bajarilgan katta ishlarni bo`limlarga ajratish uchun (sarlavha va rasmi bilan).

Книга  (Kitob)  –  moduli  professor-o`qituvchilarga  kitobga  o`xshash  bob  va bo`limlariga  ega  bo`lgan  ko`p  sahifali  resurs  yaratish  imkonini  beradi.  Книга resusrsida bo`limlarga ajratish mumkin bo`lgan ulkan matn yoki media fayllarni ham joylashtirish mumkin. Книга modulidan quyidagi holatda foydalanish mumkin:

  • O`quv materiallarni alohida bo`lim ko`rinishida tasvirlash uchun;
  • Ma’lumotnoma sifatida;
  • Talabalarga topshirilgan ishning namunaviy andozasi sifatida.

Страница  (Sahifa)  –  moduli  professor-o`qituvchilarga  matn  muharriri yordamida  web-sahifa  yaratish  imkonini  beradi.  Страница  moduli  matn,  rasm, audio,  video,  web-havola  va  boshqa  turdagi  (Masalan:  Google  Maps,  HTML) ma’lumotlarni  o`z  ichiga  olishi  mumkin.    Страница  modulidan  foydalanishning Файл modulidan ko`ra samaradorligi ko`proq hisoblanadi. Materiallarni Страница moduliga  joylashtirish  orqali  mobil  qurilmalar  uchun  tezroq  ishlashni  ta’minlash mumkin.  Katta  hajmdagi  materiallarni  joylashtirishda  Страница  moduli  o`rniga Книга modulidan foydalanish tavsiya etiladi. Страница modulidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:

  • Kurs  dasturi  rezyumesi  yoki  kurs  muddati  va  shartlarini  e’lon  qilish uchun;
  • Foydalanilayotgan turli xil video va audio fayllarni izohlash uchun.

Гиперссылка (URL ) – moduli professor-o`qituvchilarga kurs resurs sifatida qo`llaniluvchi  web-havolalarini  joylash  imkonini  beradi.  Гиперссылкаlar Internetda  himoya  qilinmagan  ixtiyoriy  resursga  (masalan,  hujjatlar  va  rasmlar) bog`langan bo`lishi mumkin.  Гиперссылка  web saytlarning bosh sahifasiga emas, balki  aniq  web-sahifaga  bog`lanishi  zarur.  Professor-o`qituvchilar  resurs  sifatida YouTube,  UzDisc,  Wikipedia,  Gmail+  kabi  saytlarning  ma’lumotlaridan foydalanishlari mumkin. Гиперссылкаlarni aks ettirishni sahifa ichiga joylashtirish va  yangi  oynada  ochish  variantlaridan  birini  tanlashi  mumkin.  Zarur  bo`lganda sahifaga  qo`shimcha  ma’lumotlarni  yuborish  mumkin.  Masalan,  talabaning  ismi.

Shuni  ta’kidlash  joizki,  URL-manzillarini  faqat  mazkur  resursda  emas,  balki  matn muharririga ega bo`lgan barcha resurslarga ham qo`shish mumkin. 

      Xulosa. Talabalarni o`qitishda Moodle tizimidan foydalanib darslarni olib borish har bir talabani mavzuni o`zlashtirishda mustaqil tayyorlanishi, o`z ustida ishlashi va istalgan vaqtda topshiriqlar, testlarni bajarishi mumkin.

ADABIYOTLAR

1.  Белозубов  А.В.  Система    дистанционного    обучения    Moodle:  Учебно методическое пособие СПб.:  СПбГУ ИТМО, 2007. – 108 с. 

2.  Галузо  И.В.  Методика  реализации  обучающей  функции  тестов  в  среде MOODLE / И.В. Галузо, В.В. Небышинец, П.А. Сташулeнок  // Современное образование Витебщины, 2013. – № 1. – С. 76-80.

3. Гильмутдинов  А.Х.  Электронное  образование  на  платформе  MOODLE.- Казань, КГУ,  2008. –169 с. 

www.motiv.uz

4 thoughts on “MOODLE TIZIMIDA KURS ELEMENTLARI TASHKIL ETISH

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

50 − 40 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Ma\'lumotlar himoyalangan !